Toshkent shahrida yashovchi bir guruh shaxslar kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy savdosi bilan shug‘ullanib kelgani aniqlandi. Tezkor tadbirlar davomida 130 mln so‘mdan ortiqroq qiymatga ega dorilar musodara qilingan.
Sergeli tumani hokimi Elbek Shukurov So‘g‘diyona va Jaloyir ko‘chalari kesishmasida 1,2 km uzunlikdagi gastronomik ko‘cha loyihasini taqdim etdi. Ustuvorlik piyodalarga beriladi, avtobuslar bo‘ladi, qulay mikroiqlim yaratiladi. “Ushbu ko‘cha misolida boshqa ko‘chalar ham tartibga keltiriladi”, — dedi u.
Poytaxtning Sergeli tumanidagi avtosalon oldida joylashgan avtoservisda yong‘in sodir bo‘ldi. Oqibatda avtoservisning ichki qismi va 3 ta avtomobil yonib zararlandi. FVB jarohatlanganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmaganini qayd etdi.
Toshkent shahri Sergeli tumanida uzunligi 510 metr bo‘lgan eskirgan issiqlik quvurini yangilash ishlari boshlandi. Shu munosabat bilan hududdagi ayrim yo‘llarda transport harakati kamida bir oyga cheklandi (xarita).
Dushanba kuni erta tongda Sergeli tumanida tez yordam mashinasi haydovchisi kaltaklandi. Aniqlanishicha, bemorning yaqini feldsherga yaxshi qaramagani uchun kuch ishlatmoqchi bo‘lgan, haydovchi esa uni himoya qilmoqchi bo‘lgan. Hozirda holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentning Yangihayot tumanida ko‘tarma kran qulagani haqida xabarlar tarqaldi. FVV hodisa Sergelida yuz berganini ma’lum qildi. Sergeli hokimligi kran qulagan vaqtda unda odam bo‘lgani haqidagi gap-so‘zlarni rad etdi. Qurilish mas’ullariga ko‘ra, qulagan kran endi utilizatsiya qilinadi.
Toshkentning Sergeli tumanida «VAZ-2106» rusumli avtomashina daraxtga borib urilishi natijasida ikkiga bo‘linib ketdi. Haydovchi kasalxonaga yotqizilgan.
May oyi boshida ochilgan Sergeli tumanini Toshkent markazi bilan bog‘lovchi yangi yo‘ldagi ayrim devorlar kuchli shamol oqibatida qulab tushdi. Hokimiyat pudratchi devorlarni mustahkam o‘rnatmagani va u hozirda devorlarni qayta ta’mirlayotganini ma’lum qildi.
Prezident Sergeli tumanidagi Qipchoq ko‘chasini Yakkasaroy tumanidagi Cho‘ponota va Shota Rustaveli ko‘chalari bilan bog‘laydigan yangi yo‘l va ko‘prikning ochilishida ishtirok etdi. Qurilish ishlari 2020 yilning yozidan beri olib borilayotgan edi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev mahallalar hayoti, sanoat loyihalari bilan tanishish maqsadida Toshkent shahri Yangihayot tumaniga tashrif buyurdi. Davlat rahbari «Do‘stlik» mahallasida mahalla raisi, profilaktika inspektori, hokim yordamchisi hamda yoshlar bo‘yicha mas’ullar bilan suhbati davomida tumanni obod qilish kerakligini aytdi.
Poytaxtda Yakkasaroy va Sergeli tumanlarini bog‘laydigan yangi yo‘l qurilishining birinchi bosqichi yakunlandi (foto).
Sergeli tumanida omborxona binolaridan birida gaz-havo aralashmasi chaqnashi sodir bo‘ldi. Omborxonadan tashqari, korxona ma’muriy binosi ham vayron bo‘ldi. Bir kishi halok bo‘ldi, uch kishi jarohatlandi.
Toshkent shahrida Matiz avtomobili «Isuzu» rusumli avtobus bilan YTH sodir etdi. Oqibatda avtobus muvozanatni yo‘qotib, ag‘darilgan. Hodisa sababli avtobusning to‘rt nafar yo‘lovchisi tan jarohati olgan va shifoxonaga yetkazilgan.
Sergeli tumani hokimi Elbek Shukurovning aytishicha, tuman hokimlarining oylik maoshi 5 mlndan 6 mln so‘mgacha bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, u o‘ziga xodimlari bilan bir hil miqdorda rag‘bat puli ajratishini aytib o‘tdi.
Sergeli tumani hokimi konteynerga ko‘chib o‘tmasligini va bu uchun «ayb ish qilmaganini» ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, prezident hamma konteynerga ko‘chish kerakligi haqida aytmagan. «Lekin odamga ishlashi va yashashi uchun konteyner qulay bo‘lsa, nega unday qilmasligi kerak?» — dedi tuman hokimi.
Jismoniy tarbiya va sport vaziri o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelayotgan Elbek Shukurov Toshkentning Sergeli tumaniga hokim etib tayinlandi.
Baxtiyor Shomurodov Toshkent shahrining Sergeli tumani hokimi lavozimini tark etdi. Vaqtinchalik uning vazifasini hokimning birinchi o‘rinbosari Murod Isaboyev bajaradi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting